02 fev 15:18
Yangiliklar
O'zbekiston U-20 terma jamoasi Xitoyga jo'nab ketdi
Jamoliddin Rahmatullaev boshchiligidagi terma jamoa 1 fevral kuni "Olimpik-MobiUz" jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushib, 3-2 hisobida g'alaba qozondi.
Terma jamoa yig'inning ikkinchi qismini 2-10 fevral kunlari Xitoyda o'tkazadi. Terma jamoa 4-9 fevral kunlari Xitoy U-20 terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi.
Darvozabonlar: Alishan Abdutalipov ("Olimpik-MobiUz"), Ibrohim SHokirov ("Neftchi"), Nematulloh Rustamjonov ("Andijon")
Himoyachilar: SHorahim SHorahmedov ("Bunyodkor"), Ozodbek Odiljonov (Respublika futbol akademiyasi – RFA), Ozodbek Najmiddinov ("Nasaf"), Muhammadali Musaxonov ("Surxon"), Mo'minxon Bahodirxonov ("Neftchi"), Muhammadali Dilshodbekov ("Paxtakor"), Abdulvosit Soliev (OKMK), Behruz Erkinov (RFA)
Yarim himoyachilar: Diyor Tojiev ("G'azalkent"), Azizbek Erimbetov ("Neftchi"), Abdulfayz Bobomurodov ("Bunyodkor"), Kuanishbek Saydaliev ("Paxtakor"), Behruz Abdusattorov ("Lokomotiv"), Abdulvoris Hojimarudov (RFA)
Hujumchilar: SHohjahon Abdumannobov (RFA), Ulug'bek Maratov ("Olimpik-MobiUz"), Sayfiddin Sodiqov ("Andijon"), Davron To'laganov ("Paxtakor"), Nurbek Sarsenbaev ("Neftchi"), Sirojiddin Jumadillaev ("Lokomotiv")

Fikrlar