20 apr 11:58
Yangiliklar
Futbol
O'zbekiston U-23 - Kuvayt U-23 o'rtasidagi uchrashuvni suriyalik hakam boshqaradi
Bugun O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo kubogidagi ikkinchi uchrashuvini Kuvaytga qarshi o'tkazadi.
O'yinni suriyalik hakam Hanna Hattab boshqarib boradi. Unga hamyurti Muhammad Kazzaz va cingapurlik Abdul Hanna bi Abdul Hasim yordam beradi.
Uchrashuvning to'rtinchi hakami sifatida Iordaniya vakili Ahmad Faysal ishlaydi. VAR hakami tailandlik Sivakorn Pu Udom bo'lsa, AVARga Torfong Somsing ishlaydi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Kuvayt uchrashuvi bizning vaqt bilan soat 20:30 da start oladi.
Havola :
Fikrlar