So’nggi yangiliklar

19:35"Манчестер Юнайтед" "Рома" юлдузи билан келишувга эришди 0 18:50Рамазон Темиров: "Зарбаларим аниқроқ борганида, Стив бундан ҳам оғирроқ нокаут бўлиши мумкин эди" 0 18:02Тим Цзю Эррол Спенсни мағлуб этиб, рақибини фаолиятини якунлашга мажбур қилди 0 17:20"Ўзбекистонда ҳам чемпион бўлади. Буни биринчи бўлиб, ўзим бажараман" — Рамазон Темиров 0 16:03Ўзбекистон U-20 аёллар терма жамоаси – CAFA чемпиони! 0 15:10Рамазон Темировнинг жангдан кейинги фикрлари қандай бўлди? 0 14:01Парижда кураш бўйича Президент соврини учун мусобақа ўтказилди 0 13:07Махлуқ ролидаги Шоҳжаҳон Эргашев, тепкиланган Одилхон ва бошқалар. Тошкентдаги проф бокс оқшомидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:19Суперлига. Бугун Тошкент дербиси бор 0 01:00Ўзбекистонлик жангчилар иштирокидаги Octagon 89 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 00:31UFC Abu-Dhabi турнирининг бонус эгалари эълон қилинди. Рамазон Темиров рўйхатда борми? 0 00:23Кутганмидингиз?! Шоҳжаҳон Эргашевнинг Марк Урвановга қарши жанги биринчи раунддаёқ ниҳоясига етди 0 00:00Гусков Анкалаевга, Темиров эса Эрцегга қарши жанг қилди! UFC Abu-Dhabi турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 23:54UFC ABU-DHABI. БОГДАН ГУСКОВНИНГ МАГОМЕД АНКАЛАЕВГА ҚАРШИ МАРКАЗИЙ ЖАНГИ БЕШИНЧИ РАУНДДА ЯКУНЛАНДИ! 0 23:01РАМАЗОН ТЕМИРОВ ИШТИРОКИДАГИ CO MAIN EVENT ЖАНГИ БИРИНЧИ РАУНДДА ЯКУНЛАНДИ! 0

10 sen 10:57
Yangiliklar

Boks/MMA

O'zbekiston va Kuba boks federaciyalari yaqindan hamkorlik qiladi

Xabaringiz bor, Rossiyaning Ekaterinburg shahrida boks bo'yicha jahon chempionati start oldi.

SHu munosabat bilan, O'zbekiston boks federaciyasi rahbariyati ham shu kunlarda Ekaterinburgda bo'lib turibdi. Federaciya raisining birinchi o'rinbosari Saken Polatov Rossiyaga safari davomida jahonda o'z o'rniga ega bo'lgan Kuba boks federaciyasining prezidenti Alberto Puig de la Barsa bilan uchrashuv o'tkazdi. 

Uchrashuv davomida tomonlar boksni yanada rivojlantirish, do'stlik rishtalarini mustahkamlash, yaqindan hamkorlik qilish bo'yicha muzokaralar olib borishdi. 

Kuba boks federaciyasi prezidenti uchrashuv davomida O'zbekiston va Kuba boks derjavasi ekanligini, buni Rio Olimpiadasida qo'lga kiritilgan medallar ham isbotlab turganligini qayd etdi. Tomonlar bundan keyin muntazam ravishda qo'shma o'quv-mashg'ulot yig'inlari o'tkazishga kelishib olishdi. 

Muzokaralar yakuniga ko'ra noyabr oyida, licenzion musobaqalarga munosib tayyorgarlik ko'rish maqsadida Kubada har ikki mamlakat terma jamoalari azolari ishtirokida qo'shma o'quv-mashg'ulot yig'inlari tashkil etiladi. O'z navbatida, kubalik charm qo'lqop ustalari ham yurtimizda yig'in o'tkazishadi. 

Alberto Puig de la Barsa uchrashuv davomida bungacha ikki marotaba O'zbekistonga tashrif buyurganini, yurtimizning mehmondo'st mamlakat ekanligi haqida o'zining iliq fikrlarini bildirib o'tdi. O'zbekistonda sportga etibor kuchli ekanligi, ushbu yo'nalish shaxsan Prezident SHavkat Mirziyoev nazoratida ekanligini takidladi. 

O'z navbatida, Saken Polatov Kuba boksiga hurmat kuchli ekanligini, ringda natija, qarama-qarshiliklar qanday bo'lishidan qati nazar federaciyalar do'st bo'lib qolishi va bir-birini doimo qo'llab-quvvatlashi haqida gapirdi. 

Qayd etish lozimki, ushbu uchrashuv har ikki mamlakat boksi rivoji yo'lida tashlangan muhim qadam bo'ldi. Mazkur hamkorlik orqali kelajakdagi yutuqlarga poydevor qo'yildi. 

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati

Reyting: +1   

Fikrlar

   
10 sen 12:45:57
Nuriddin 77
Ajoyib yangilik.Fudboldayam katta katta jamoalar bir-biri bilan òynashadiku shuningdek boy davlarlar bilan ham katta soqqaga òynashadi.Demak yaqinda bizgayam arab xitoy kabi davlatlar bilan soqqa ishlasak bòladi.
   
10 sen 12:23:14
Sarvar_Ismoilov
2 ta qochqorni kallasi bir qozonda qaynarmikina ? Lekin ajoyib ish bolibdi. Omad.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing