18 iyu 22:29
Yangiliklar
O'zbekiston Voleybol federaciyasida ham byudjetdan ajratilgan mablag'lar talon-taroj qilingan
Bu haqida Telegramdagi KompromatUzb kanali malumot berdi.
O'rganishda, Federaciya mansabdor shaxslari va boshqalar byudjet mablag'larini juda ko'p miqdorda talon-toroj qilishgani aniqlandi.
Xususan, sobiq Jismoniy tarbiya va sport vazirining buyrug'iga asosan, Federaciyaga 54 nafar sportchilar bilan 23 kunlik o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazish uchun byudjetdan 445 mln. so'm ajratilgan bo'lsada, amalda 10 kun o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazilib, 231 mln. so'm byudjet mablag'lari o'zlashtirilgan.
Bundan tashqari, terma jamoa va uning zaxirasi tarkibiga kiritilmagan 29 nafar sportchini turli sport yig'inlariga yuborilib, 75 mln. so'm mablag'lar asossiz sarflangan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida byudjetga etkazilgan zararning 120 mln. so'mi qoplanishi taminlandi.
Mazkur holatlar bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Fikrlar