04 fev 16:28
Yangiliklar
Voleybol
O'zbekiston voleybol federaciyasiga yangi rais saylandi
Endilikda Oliy va o'rta maxsus talim vaziri voleybol federaciyasini ham boshqaradi.
Bu haqida Jismoniy tarbiya va sport universiteti matbuot xizmati xabar berdi.
Milliy olimpiya qo'mitasida bo'lib o'tayotgan O'zbekiston voleybol federaciyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenciyasida O'zbekiston voleybol federaciyaga rahbar saylash masalasi ko'rildi.
Unda O'zbekiston MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov ushbu lavozimga Oliy va o'rta maxsus talim vaziri Abduqodir Toshqulov nomzodini ilgari surdi.
Abduqodir Xamidovich Toshqulov nomzodi bir ovozdan maqullanib, O'zbekiston voleybol federaciyasining raisi etib saylandi.
Voleybol federaciyasining bundan oldingi rahbari sobiq sport vaziri Dilmurod Nabiev hisoblanardi.
Havola :
Fikrlar