14 sen 18:42
Yangiliklar

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 14 ta medal bilan Osiyo chempionatini 1-o'rinda yakunladi
Dzyudochilarimiz birinchi kunning o'zidayoq 9 ta medal (3 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza) bilan qitaning eng kuchli jamoalari orasida ishonchli etakchilikni qo'lga kiritdilar.
Bugun esa boshlangan ishga chiroyli yakun yasaldi. Finalda kurashgan 5 nafar dzyudochimizning bari yorqin g'alabalar evaziga Osiyo chempionligini rasmiylashtirdi. O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 8 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza, jami 14 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi.
Koreya Respublikasi 3 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan ikkinchi o'rinni band etgan bo'lsa 2 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza medaliga ega Hindiston terma jamoasi kuchli uchlikka yakun yasadi.
O'zbekiston kadetlar va yoshlar terma jamoalari to'rt kunlik murosasiz bellashuvlar yakuniga ko'ra umumiy hisobda 31 ta medalni qo'lga kiritdi!
Fikrlar