18 apr 14:41
Yangiliklar

"O'zbekistonda ayollar boksi rivojlanmoqda, lekin men...". Qozog'istonlik bokschi o'zbek sportchisiga qarshi jangini esladi
"Men u bilan yoshlar o'rtasidagi musobaqalarda avval ham to'qnash kelgandi. SHuni aytishni istardimki, ayni paytda O'zbekistonda ayollar boksi jadal suratda rivojlanmoqda. Lekin bu biz ularda qolib ketayotganimizni bildirmaydi. Jang juda qiyin kechdi. Balki men raqibamga yaxshi baho bera olmagandirman. Jang vaqtida men hayajonlandim, lekin nima uchundir birinchi raundda yutqazib qo'yganimdan keyin ham o'zimga ishonishda davom etayotgandim. Yakunda baribir qozoq boksi oldinda ekanligini isbotladim", - dedi Ryabec.
Eslatib o'tamiz, Ryabec Ammandagi licenzion turnirning -75 kg vazn toifasida ilk jangda yosh bokschimiz Navbahor Hamidovaga qarshi jang qilgandi va kichik ustunlik evaziga g'alaba qozongandi.
Fikrlar