So’nggi yangiliklar

23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0

10 dek 11:39
Yangiliklar

Futbol

O'zbekistonda futbolchilar maoshining minimal summasi oshiriladi

Teglar :  O'zPFL
Liga ro'yxatidan o'tadigan mehnat shartnomalarida minimal oylik-maosh belgilab qo'yilgan bo'lib, unga ko'ra klub o'z futbolchisiga O'zbekistonda mehnatga haq to'lashning eng kam miqdoridan kam bo'lmagan summada maosh belgilashi lozim.

Tahlillar shuni ko'rsatmoqdaki, professional futbol klublarida oylik-maoshlarning yuqori miqdori oshishda davom etmoqda, biroq yosh iqtidorlarni rag'batlantirish masalasida qator muammolar mavjud. Mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori ko'rinishida maosh olayotgan futbolchida o'zining oylik chiqimlarini qoplash bilan bog'liq qiyinchiliklar bor. SHundan kelib chiqib, O'zbekiston Professional futbol ligasi hamda O'zbekiston futbolchilari uyushmasi hamkorlikda O'zbekiston futbol associaciyasiga mazkur masalada qo'shma taklif kiritdi. Har uch tashkilot hamkorlikda yakdil qaror qabul qilguniga qadar, Liga mehnatga haq to'lashning besh barobar miqdoridan kam bo'lgan mehnat shartnomalarini ro'yxatdan o'tkazmaydi.

Parallel ravishda «Futbolchilar maqomi va transferi bo'yicha reglament»ga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish ustida ish olib borilmoqda. Tez orada bu masalada ham sezilarli o'zgarishlar bo'ladi. Bunda professional futbolchi maqomi qayta ko'rib chiqiladi. SHuningdek, mashg'ulot kompensaciyasi va shu bilan bog'liq masalalar yanada aniqroq ko'rinishda tartibga solinadi hamda kelishish uchun FIFAga taqdim etiladi.

Malumot uchun, bugungi kunda O'zbekistonda mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori 1 million 155 ming so'mni tashkil etadi Besh barobar esa 5 million 775 ming so'm bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing