So’nggi yangiliklar

13:23ФАКТ. Ўзбекистон сафарда Жанубий Кореяни мағлуб эта олмаган 0 12:24Дана Уайт UFC қийматини 50 млрд долларга баҳолади 0 11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0 08:09Олимпиадада қатнашган шахматчилар Ватанга қайтишлари билан қамоққа олинди 0 07:38Миллатлар лигаси. Франция терма жамоаси Бельгияни тор-мор этди, Олиседа — дубль! 0 07:07Mangu 6 турнири учун чемпионлик жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0

25 mar 20:44
Yangiliklar

Tokio-2020, Olimpiya o'yinlari

O'zbekistonda sportchilarning Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga tayyorgarlik jarayonlari vaqtincha to'xtatildi

Xabaringiz bor, ayni kunlarda dunyo bo'ylab keng tarqalib borayotgan va insoniyat salomatligiga katta xavf tug'dirayotgan koronavirus pandemiyasi mamlakatimizga ham kirib keldi.

SHu munosabat bilan, 2020 yil 16 martdan boshlab O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi barcha talim va sport muassasalari nomalum muddatga yopildi. SHu bilan birga, mamlakatimiz hududida o'tkaziladigan barcha sport turlari bo'yicha O'zbekiston chempionatlari va kuboklari hamda boshqa ichki musobaqalar ham nomalum muddatga qoldirildi.

Xalqaro olimpiya qo'mitasi tomonidan Tokio-2020 Olimpiadasini 2021 yilda o'tkazish bo'yicha yakuniy qaror qabul qilingandan so'ng Olimpiya sport turlari bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoalari azolari uchun tashkil etiladigan barcha o'quv-mashg'ulot yig'inlari rasman 25 martdan vaqtincha to'xtatildi.

Bungacha mamlakat terma jamoalari azolarining XXXII yozgi Olimpiya hamda XVI Paralimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'rishlari uchun ularga biriktirilgan sport bazalarida rejalashtirilgan o'quv-mashg'ulot yig'inlarini tashkil etilgan edi.

Licenzion musobaqalarning sanalari aniq bo'lgunga qadar milliy terma jamoa azolari o'z uylarida individual reja asosida mashg'ulotlarni murabbiylar tomonidan ishlab chiqilgan kunlik tayyorgarlik rejalari asosida olib boradilar.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va Milliy Olimpiya qo'mitasi tomonidan tashkil etilgan “Tezkor shtab” Milliy terma jamoa sportchilarining individual reja asosida kunlik mashg'ulot o'tkazishlarini doimiy tarzda monitoring qilib boradi.

Bundan tashqari Milliy terma jamoa bosh murabbiylari tomonidan masofali mashg'ulotlar onlayn tarzda olib boriladi hamda vaziyatdan kelib chiqqan holda sportchilarni individual holatiga qarab kerakli maslahatlar berib borilishi taminlanadi.

Malumot uchun: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Sport” telekanali bilan hamkorlikda karantin davrida sog'lom turmush tarziga amal qilgan holda sport bilan shug'ullanib turish borasida aholi uchun tavsiya shaklida maxsus teledasturlar tayyorlanib efirga uzatilishi yo'lga qo'yildi. Xususan, sport trenerlari ishtirokida uy sharoitida qay tarzda mashg'ulotlar olib borish bo'yicha maslahatlar aks etgan 10 daqiqalik videodarslar “Sport TV” telekanali orqali har kuni namoyish etib borilayapti.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing