So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

27 apr 16:53
Yangiliklar

Boks/MMA

O'zbekistonda yangi sport tashkiloti – Francuz boksi Savat Associaciyasi tashkil etildi

O'zbekiston francuz boksi Savat Associaciyasi Adliya vazirligida ro'yxatdan o'tdi va maxsus guvohnomaga ega bo'ldi.

Yurtimiz aholisi orasida sog'lom turmush tarzi targ'iboti, ommaviy sport hamisha diqqat markazda bo'lgan, shaxsan davlatimiz rahbarining doimiy kuzatuvi va ko'magida rivojlanib bormoqda. Ayniqsa, bugungi karantin davrida sportning ahamiyati yanada oshdi, yurtdoshlarimiz salomatlikning naqadar ulug' nemat ekanligini yana bir karra anglab etishdi.

O'zbekistonda turli sport turlari bo'yicha federaciya va associaciyalar faoliyat ko'rsatib kelmoqda va ularning soni muntazam ravishda ortib bormoqda. Yangi tashkil etilgan francuz boksi Savat Associaciyasi ham tez orada o'z muxlislarini topib olishiga shubha yo'q.

Yaqinda O'zbekiston francuz boksi Savat Associaciyasi Adliya vazirligida ro'yxatdan o'tdi va maxsus guvohnomaga ega bo'ldi. SHuningdek, associaciya O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimida belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazildi. Yangi associaciyaning prezidenti etib “Turonbank” ATB raisi Mirzaev CHori Sadibakosovich, Bosh kotib lavozimiga Xodjaev SHuhrat Arifdjanovich saylanishdi.

Associaciyaning ochilish marosimida yangi sport tashkilotining prezidenti CHori Mirzaev so'zga chiqdi va faoliyatining yangi qirrasi haqida shunday dedi:

“Francuz boksi Savat chuqur ildizlarga ega bo'lib, 300 yildan ko'proq tarixga ega sport turi hisoblanadi. Francuz boksi Savat 1924 yil Parij shahrida bo'lib o'tgan yozgi Olimpiada o'yinlarida rasmiy sport turlaridan biri bo'lgan va Franciya davlati milliy merosi hisoblanadi. Sportning yangi-yangi qirralarini ochishga havasmandlar yurti bo'lgan O'zbekistonda ham mazkur tarixiy sport turini rivojlantirish maqsadida ushbu sport turi havaskorlari tashabbusi bilan O'zbekiston francuz boksi “Savat” associaciyasi tashkil etildi. Bizning asosiy maqsadimiz yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, ularni ommaviy sportga jalb etish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini oshirish va sport orqali millatlar o'rtasida do'stona munosabatlarni yanada rivojlantirishdir”.

Bir so'z bilan aytganda, O'zbekiston francuz boksi “Savat” associaciyasining tashkil etilishi, mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish, aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish va asosiysi, yuksak madaniyatga ega bo'lgan har tomonlama etuk hamda jismonan sog'lom insonlarni shakllantirishda o'zining munosib hissasini qo'shishi shubhasiz. Zero, sog'lom jamiyat – eng buyuk ishlarga qodir bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing