13 noy 07:09
Yangiliklar
Boks/MMA

O'zbekistonlik bokschi WBC reytingida ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi
Butunjahon boks kengashi (WBC) bokschilarning yangilangan reytingini elon qildi.
Unga ko'ra, mazkur reytingning kuchli 15taligidan ikki nafar o'zbekistonlik bokschi o'rin olgan.
Yarimo'rta vazn toifasida janglarda ishtirok etadigan Qudratillo Abduqahhorov (-66,67 kg) o'tgan oydagi kabi beshinchi o'rinda qoldi.
Ikkinchi o'rta vazn toifasidagi Azizbek Abdug'ofurov (-76,2 kg) esa avvalgi oydagi o'rnidan ikki pog'ona yuqoriladi va ikkinchi o'ringa joylashib oldi. Eslatib o'tamiz, Azizbek ayni paytda WBC Silver kamari sohibi hisoblanadi. Mazkur yo'nalishda jahon chempioni amerikalik David Benavidez hisoblanadi. Birinchi o'rinda esa turkiyalik Avni Yildirim qayd etilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar