09 sen 15:12
Yangiliklar
Futbol
O'zbekistonlik futbolchi kelishilgan o'yinda ishtirok etgani uchun 2 yilga chetlatildi
Bangladesh futbol federaciyasi (BFF) tomonidan noqonuniy faoliyatda qatnashish, shu jumladan onlayn pul tikish, sport o'yinlar o'tkazish, o'yinlarni manipulyaciya qilish va kelishilgan o'yinlarda qatnashishda ayblangan ikki klub jazolandi.
Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Premer-ligasi ishtirokchisi “Uttara Baridhara” va 1-liga ishtirokchisi “Karvan Bazar” 2 va 3-divizionga tushirib yuborildi.
Manbada aytilishicha, “Baridxara” klubi chempionat doirasida “Abahani” va “SHeyk Jamal”ga qarshi o'yinlarda onlayn pul tikishda ishtirok etgan.
Natijada “Baridxara” klubining 5 nafar futbolchisi, jumladan, o'zbekistonlik himoyachi Saiddoston Fozilov ham aybdor deb topilgan va ikki yilga diskvalifikaciya qilingan.
Havola :
Fikrlar