16 avg 11:17
Yangiliklar

O'zbekistonlik mutaxassis Osiyo boks konfederaciyasida komissiya raisi sifatida ish boshladi
O'zbekistonlik mutaxassis, xalqaro toifadagi shifokor Dilshod Kazakov Osiyo boks konfederaciyasining tibbiyot komissiyasi raisi sifatida ish boshladi.
Malumot uchun, mazkur komissiyaning vazifasi Osiyoda boksni yanada rivojlantirish, sportning ushbu turida uchraydigan jiddiy jarohatlarni oldini olish, qitada o'tkaziladigan barcha yosh toifalarida o'tkaziladigan turnirlarda tibbiy yordamni tashkil etish, boksdagi shifokorlar malakasini oshirish va ularga boks tibbiyoti yo'nalishi bo'yicha sertifikat taqdim etishdan iboratdir.
Qayd etish lozimki, Dilshod Kazakov 2011 yil yanvar oyidan buyon AIBA tibbiyot komissiyasining Osiyo bo'yicha vakili hisoblanadi. Osiyo boks konfederaciyasi tomondan 2018 yilning eng yaxshi texnik delegati deb topilgan.
Fikrlar