20 noy 20:19
Yangiliklar
Boks/MMA

O'zbekistonlik Olimpiya o'yinlari sovrindori boksga qaytmoqda + FOTO
Rio Olimpiadasida -91 kg vazn toifasida bronza medalini qo'lga kiritgan bokschi Rustam To'laganov boksga qaytmoqda.
U kuni kecha Rossiyaning "Patriot" promouterlik kompaniyasi bilan shartnomaga imzo chekdi. Yangi kelishuvga ko'ra, hamyurtimiz dekabr oyida ringga ko'tarilishi kutilmoqda.
"Bu kunni ikki yil kuttim", - deb izoh qoldirdi To'laganov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, To'laganov bungacha prof boksda bir marotaba jang o'tkazishga ham ulgurgan. u 2017 yili amerikalik Robert Guerraga qarshi jang o'tkazib, debyutini g'alaba bilan nishonlagandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar