16 fev 17:24
Yangiliklar
O'zbekistonlik qizlar sohil voleyboli bo'yicha musobaqada ishtirok etishadi
Etiborlisi, unda yurtimiz voleybolchilari ham ishtirok etadi. Takidlash kerak, bu musobaqa O'zbekiston voleybol federaciyasi uchun joriy yildagi ilk xalqaro turnir hisoblanadi.
Kecha hamyurtlarimiz O'zbekiston voleybol federaciyasi bosh kotibi Xusan Nasrullaev boshchiligida BAA orqali SHri-Lankaga uchib ketishdi. Terma jamoamiz tarkibidan ikki nafardan erkak va ayol sportchi o'rin olishgan.
Mamlakatimiz sport delegaciyasi 16 fevral kuni SHri-Lankaga etib borishadi. Sohil voleyboli bo'yicha Markaziy Osiyo chempionatida 5ta davlatdan qirqqa yaqin jamoa ishtirok etish istagini bildirgan.
SHuningdek, musobaqa doirasida sohil voleyboli bo'yicha seminar-trening ham o'tkaziladi. Unda ikki nafar vakilimiz – Nodira Sultonboeva hamda Sanjar Axtamov ham qatnashadi va ular mashg'ulot yakunida trenerlik faoliyatini olib borish huquqini qo'lga kiritishi mumkin.
Fikrlar