21 okt 12:49
Yangiliklar
Boshqalar

O'zbekistonning 2029 yilgi Islom birdamlik o'yinlarini qabul qilish imkoniyatlari o'rganildi, mezbonlik bo'yicha qaror noyabr oyida elon qilinadi
Islom birdamligi sport associaciyasi (ISSA) 2029 yilgi Islom birdamlik o'yinlariga mezbonlik qilish uchun davogar uchta nomzod davlat - O'zbekiston, Malayziya va Eronga inspekciya tashriflarini yakunladi.
Ushbu tashriflar yakuniy mezbonlik qarori oldidan baholash jarayonida muhim qadam.
Bosh kotib Nosir Majali boshchiligidagi ISSA delegaciyasi va ISSA Sport komissiyasi azolari hamrohligida taklif etilgan musobaqalar o'tkaziladigan joylar, mavjud infratuzilma va tashkiliy rejalarni ko'rib chiqib, har bir davlatning tayyorgarligini baholashdi.
Malum bo'lishicha, 2029 yilgi Islom birdamlik o'yinlari mezboni bo'yicha yakuniy qaror Ar-Riyod-2025 Islom birdamlik o'yinlari arafasida o'tkaziladigan Bosh Assambleyada elon qilinadi.
Havola :
Manba : issa.sport
Fikrlar