So’nggi yangiliklar

08:15Расман! Пеп Гвардиола "Манчестер Сити" билан шартномасини узайтирди + ФОТО 0 07:54Prezident Kubogi. Икки Нодирбек ғалаба билан бошлади. Қолган шахматчиларимизда қандай натижа? + ФОТО 0 07:33Қайта тайинланган вазир иштирокидаги йиғилишда устувор вазифалар белгилаб олинди 0 07:12Дзюдо бўйича Ўзбекистон чемпионатининг илк куни 4 та вазнда ғолиблар аниқланди ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 19:10Ўзбекистонлик ҳакамлар ОЧЛ-2 доирасидаги баҳсни бошқаради 0 18:47Доғистон - Ирландия! Хабиб ва Конор PFL'да ўзаро тўқнаш келишадими? 0 18:24Усик Фьюри билан жанг ҳақида: "Бир ой қолди" 0 18:01Йўғе?! Жейк Пол акаси Логан билан жанг қилишга тайёрлигини айтди 0 17:39"Кимгадир ёқар лола, ким атиргул шайдоси". Дунё юлдузлари қайси жамоаларга мухлислик қилади? 0 17:17UFC 309 турнирида жанг қилган юлдузлар қанча муддатга тиббий дисквалификация олгани маълум 0 16:54Пол Тайсон билан жангда 90 миллион ишлаб олгани ҳақидаги миш-мишларга жавоб берди 0 16:25Катталар ўртасидаги Ўзбекистон чемпионатининг илк кунги саралаш баҳсларидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:04Сан-Марино терма жамоаси ЖЧ-2026га йўл олиши мумкин. Қандай қилиб?! 0 15:43IBF'нинг янгиланган рейтингида бир нафар боксчимиз қолди 0 15:22"Мераб Умар билан жангдан қочмоқда" - Петр Ян 0

22 avg 17:14
Yangiliklar

Voleybol, Gandbol

O'zDJTSU 65 yoshda! Ko'zguda – sport o'yinlari fakulteti

Xabaringiz bor, yaqinda O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya sport universiteti tashkil etilganiga 65 yil to'ldi.

#UzDJTSU2020  #UzDJTSU_65_YOSHDA

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligini taminlash, sog'lom turmush tarzi asoslarini shakllantirish, aholi o'rtasida, xususan, talaba-yoshlar orasida sog'lom hayot kechirish tamoyillarini singdirish, malakali, dunyo sport ayvonida ro'y berayotgan voqea-hodisalarga munosabat bildira oladigan, o'z yurti manfaatini munosib himoya qila oladigan, jismonan va manan barkamol avlodni tarbiyalashda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Sport o'yinlari fakultetining ham alohida o'rni bor.

Fakultet tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, 1955 yilda dastlab Pedagogika nomi bilan atalgan mazkur fakultetga O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiylar V. SHnurov, V. SHarov, I. Kurishkina, A. Pleshakov, E. SHaternikovlar dekanlik qilishgan. 1997 yilga kelib, fakultet nomi Sport o'yinlariga o'zgartirildi. 

O'tgan shu davr mobaynida fakultetga O'zbekiston Respublikasi fan arbobi, tibbiyot fanlari doktori O. Rixsieva, professorlar A. Livickiy, T. Yusupov, biologiya fanlari doktori, professor N. Rahmatov, pedagogika fanlari nomzodi O. Qurbonov, iqtisod fanlari nomzodi E. Mahmudov, pedagogika fanlari nomzodi, docentlar SH. Abidov, A. Rixsiev, O. Hayitov, V. Rahimov, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa (PhD) doktorlari N. Yusupov va F. Muhammadjonovlar rahbarlik qilgan. 

2020 yil yanvar oyidan fakultetni Noryigit Ernazarovich Dusanov boshqarib kelmoqda.

Bugun fakultet tarkibida voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati, gandbol, tennis, badminton nazariyasi va uslubiyati, futbol nazariyasi va uslubiyati, qishqi sport turlari kafedralari faoliyat ko'rsatadi. 

Hozirda fakultetda 4 nafar professor, 13 nafar docent, 5 nafar pedagogika fanlari bo'yicha falsafa (PhD) doktori, 14 nafar katta o'qituvchi, 41  nafar o'qituvchi 1361 nafar kunduzgi hamda 809 nafar sirtqi bo'lim talabalariga tahsil berishmoqda.

Azad Po'latov, Rahmonberdi Nurimov, Ildar Koshbaxtiev, Firdeus Abdurahmonov, Jasur Akramov, Abdulla Achilov, SHoislom Pavlov, Temur Nabievlar fakultet professorlari sanalishadi. 

– Fakultet kafedralarining   ilmiy salohiyatini oshirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, professor-o'qituvchilarning bilim va malakalarini muntazam oshirib borish,  o'quv va ishchi dasturlarni optimallashtirish, iqtidorli yoshlarni kafedralarga biriktirish, ularga munosib shart-sharoitlarni yaratish bosh rejalarimizdan sanaladi. SHuningdek, xorijiy talim muassasalari bilan o'zaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o'qituvchilarning xorijda malaka oshirishlarini tashkil etish, malakali mutaxassis va trenerlarni o'quv jarayoniga jalb qilish, zamonaviy talablarga javob bera oladigan darslik, o'quv qo'llanma va uslubiy  tavsiyalarni tayyorlash, xorij adabiyotlarini tarjima qilish, talaba-yoshlarning siyosiy va manaviy dunyoqarashini shakllantirish ustuvor vazifalarimizdan hisoblanadi, – deydi fakultet dekani Noryigit Dusanov.

Fakultet tarkibidagi kafedralarda tahsil olayotgan talabalar yoki bitiruvchilarning ko'pchiligi turli sport federaciyalarining terma jamoalari tarkibida Osiyo va jahon chempionatlari, xalqaro turnirlar, festivallarning g'olib va sovrindorlari ham hisoblanishadi. Misol uchun 2020 yil 8-26 yanvar kunlari futbol bo'yicha (AFC) U-23 Osiyo chempionatida O'zbekiston olimpiya terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan Futbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasining 12 nafar talabalari muvaffaqiyatli ishtiroki uchun universitet rektori Boltabaev Maxmudjon Rustamovich tomonidan munosib taqdirlagan. 

Universitet Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi bilan hamkorlikda O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashkil topganligining ikki yilligi munosabati bilan sport festivali tashkil etishgan va fakultet talabalari bor mahoratlarini ishga solib, etirofga sazovor bo'lishgan. 

Fakultet talabalaridan iborat terma jamoa  2015 yil 12-22 iyul kunlari gandbol bo'yicha Italiyaning Peramo shahrida bo'lib o'tgan Jahon kubogi sohibi bo'lishdi. 2018 yil 22-30 dekabr kunlari gandbol bo'yicha o'g'il bolalar terma jamoasi Janubiy va SHarqiy Osiyo chempionatida ikkinchi o'rinni egallashdi. 2012 yil 3-10 dekabr kunlari Kuala Lumpur shahrida Janubiy va SHarqiy Osiyo chempionatida gandbol bo'yicha qizlar o'rtasida bo'lib o'tgan musobaqada jamoamiz birinchi o'rinni qo'lga kiritgan.  2013 yil 3-10 may kunlari Buxoro shahri mezbonlik qilgan “Universiada – 2013” sport o'yinlarining gandbol bo'yicha o'g'il bolalar va qizlar o'rtasidagi  musobaqalarida g'oliblikni tantana qilishgan. 2019 yil 20-27 noyabr kunlari Jizzax shahrida voleybol bo'yicha qizlar o'rtasidagi O'zbekiston kubogida universitet qizlar jamoasi barcha raqiblarini ortda qoldirib, shohsupadan joy olishgan. 2019 yil 10-17 noyabr kunlari Jizzax shahrida bo'lib o'tgan “Universiada – 2019” hududiy saralash musobaqasida voleybol bo'yicha o'g'il bolalar jamoasi birinchi o'rinni egallab, Respublika bosqichiga yo'llanma olishgan.

 2019 yil 10-13 oktyabr kunlari Toshkent shahrida tashkil etilgan “Universiada-2019” sport o'yinlarining basketbol bo'yicha saralash bosqichida fakultetning o'g'il bolalar va qizlar jamoasi  birinchi o'rinni egallashgan.

Futbol bo'yicha 2020 yil 8-26 yanvar kunlari (AFC) U-23 Osiyo chempionatida O'zbekiston olimpiya terma jamoasi tarkibida 12 nafar talabalar asosiy tarkibda ishtirok etishgan. Bundan tashqari tog' chang'isi bo'yicha Arman Gayupov mamlakat chempionligiga ega bo'lsa, voleybol bo'yicha Sulaymon Yaxyopov, Muhammadqobul Qobuljonov, Zulfiya Abdulxaeva, Feruzaxon Odilova, Oyatxon Yoqubova, Dilmurod Sattarov, Azizbek Qo'chqorov, Baxrom Asqarov, Baxtiyor Nasriddinovlar O'zbekiston chempionlari sanalishadi.

Basketbol sport turi bo'yicha esa Farrux Iskandarov, Muhammadjon Po'latov, Abdulla Ergashev, Temur Aripov, Baxrom Asqarov, Baxtiyor Nasriddinovlar mamlakat chempionlari hisoblanadi. Gandbol sport turi bo'yicha ham Nurxon Xolmurodov, Azamat Karimov, Sayfuddin Sultonov, Lutfiya Uyesinova, Sarvinoz Muxidillaeva, Elyor Eshboev, Sanjar Ahmedov, Hasan Ahmedov, Suxrob Davronov, G'anisher To'g'onboevlar O'zbekiston chempionlari bo'lishgan.

Bunday misollarni yana ko'plab keltirish mumkin. Fakultet bitiruvchisi – O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice–prezidenti, O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari, FIFA referisi bo'lib faoliyat ko'rsatgan Ravshan Ermatovni esa barcha birdek faxr bilan tilga olishadi. 

Fakultet hamkorlik aloqalariga ham alohida etibor qaratgan. Sport federaciyalari, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari, bolalar-o'smirlar sport maktablari hamda bir qator xorij oliy o'quv yurtlari bilan hamkorlikdagi ishlar yo'lga qo'yilgan.

Fakultetda dekan Noryigit Dusanov boshchiligida talabalarning manaviy ongini yuksaltirish, ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish borasida yillik dastur-reja ishlab chiqilgan bo'lib, turli jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikdagi davra suhbatlari, badiiy kechalar, festivallar va boshqa turli tadbirlar o'tkazilishi odatga aylangan.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi, o'z muxbirimiz 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing