So’nggi yangiliklar

13:26Дана Уайт Оқ уйда ўтказиладиган UFC турнири ҳақида янги маълумотлар билан ўртоқлашди 0 13:00Осиё кубоги-2026 саралаш баҳслари бошланмоқда 0 12:38Асадхўжа Мўйдинхўжаев проф рингда жанг қилиш ҳақида: "Тез орада янгиликлар бўлади" 0 12:15Академик эшкак эшувчиларимиз Қозоғистондаги турнирда 5 та медални қўлга киритишди 0 11:50Мирафзал Аҳтамов ва Усман Нурмагомедов иштирокида ўтадиган PFL Champions Series: Road to Dubai турнирининг тўлиқ карди маълум бўлди 0 11:26ОЧЛ 2. "Андижон" мусобақадаги ўз "юриши"ни бошлайди 0 11:01Расман. UFC 322 учун тўртта жанг эълон қилинди 0 10:37Умиджон Жалолов Жаҳон чемпионатида ҳисобимизга навбатдаги бронза медалини тақдим этди 0 10:10Жавоҳир Умматалиев: "Мусобақани ўзбек ва қозоқлар иштирокида ўтказса бўларкан, дея ҳазил қилишди" 0 09:42"Милан" ва "Интер" "Сан-Сиро"ни сотиб олиш бўйича шаҳар маъмурияти билан келишиб олишди 0 09:17Канело Кроуфордни мағлуб этишга нима ҳалал берганини айтди 0 08:40"Волкановскини мағлуб эта оладиган ягона одам ҳозир менман" - Евлоев 0 08:17Теренс Кроуфорд нима учун Канелога камарларни қайтариб берганини айтди 0 07:30"Навбаҳор" футбол мактаби "Аякс" футбол академияси бошқарувига берилади 0 19:20Расман: "Андижон" собиқ устози "Бухоро"да иш бошлади 0

16 okt 19:19
Yangiliklar

Voleybol

O'zDJTSU 65 YOSHDA: Ko'zguda – voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi

Xabaringiz bor, biz saytimiz orqali jismoniy tarbiya va sport sohasida mutaxassis-kadrlar tayyorlaydigan, mamlakatimizda yagona bo'lgan oliy talim muassasasi – O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining tashkil etilganligining 65 yilligi munosabati bilan turkum maqolalar tayyorlab, etiboringizga havola etib boryapmiz.

Navbatdagi mazkur sahifamizda esa universitetning Sport o'yinlari fakulteti negizidagi Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tarixi va buguniga nazar solamiz. 

Ilk bor 1955 yilda institut sifatida tashkil etilgan paytda voleybol, basketbol, futbol, tennis, qo'l to'pi va suzish bo'yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash vazifasini amalga oshirish maqsadida kafedraga asos solindi. 1956-1957 o'quv yilida kafedra tarkibidan suzish ixtisosligi ajratildi.

1959 yilda kafedra mamlakatimizda birinchi bor o'zining 36 nafar oliy malumotli mutaxassisiga ega bo'ldi va bu yosh mutaxassislar keyinchalik ushbu sport turlarini rivojlantirish uchun O'zbekistonning turli hududlariga taqsimlanishdi.

1966-1967 o'quv yilida kafedradan futbol va qo'l to'pi ixtisosliklari mustaqil kafedra sifatida faoliyat olib borish uchun ajralib chiqdi. 2000 yilga kelib esa kafedra Sport va milliy o'yinlar kafedrasi deb atala boshlandi.

Universitetga asos solingan kundan boshlab (1955 yil) sport o'yinlari kafedrasining birinchi mudiri O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan trener V. X. SHnurov bo'lib, u kafedraga 1960 yilga qadar rahbarlik qildi. Turli yillarda kafedrani O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan trener G. L. Keshishev (1960-1968), O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan trener V. F. SHveduks (1968-1970), O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan trener I. I. Ickov (1970-1972), professor O. T. Rasulev (1972-1974), docent A. SH. Qosimov (1974-1984), professor, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan trener L. R. Ayrapetyanc (1984-2016), pedagogika fanlari nomzodi, docent M. A. Qodirova (2016-2018) kabi tajribali mutaxassislar boshqarib kelgan bo'lishsa, 2018 yildan Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi nomi ostida qayta tashkil etildi va o'shandan buyon xalqaro toifadagi sport ustasi Svetlana Fyodorovna Ashurkova kafedra mudiri sifatida rahbarlik qilib kelmoqda. 

Kafedraning ilmiy salohiyatini yuksaltirish maqsadida professor-o'qituvchilar tomonidan ko'plab monografiyalar, darsliklar, o'quv qo'llanmalari, uslubiy qo'llanmalar, uslubiy tavsiyanomalar, ilmiy maqola va tezislar tayyorlanib, nashr etilgan. Kafedra o'qituvchilari, aspirantlari, mustaqil tadqiqotchilari, magistrantlari hamda talabalari tomonidan sport, o'quv va kasbiy-mehnat faoliyati amaliyotiga turli tavsiyalar tatbiq etilgan.

Kafedraning fan doktori ilmiy darajasi va professor unvoniga ega bo'lgan bitiruvchilari va o'qituvchilari nomini keltirib o'tmasa bo'lmas. CHunki quyidagi professor-o'qituvchilar, mutaxassislar kafedrada mavjud sport turlarini rivojlantirish, talabalarning etuk mutaxassislar bo'lib etishishida, qolaversa, mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportning keng rivoj topishida munosib hissa qo'shgani ayni haqiqat. L. R. Ayrapetyanc, I. A. Koshbaxtiev, O. T. Rasulev, O. A. Rixsieva, T. S. Usmonxo'jaev, CH. R. Alimxo'jaeva, X. A. Botirov, V. P. Bezverxov, A. V. Dukalskaya, A. SH. Qosimov, A. A. Po'latov, G. M. Sergeevlar shular jumlasidan. 

SHuningdek, kafedra bitiruvchilari va xodimlari orasida X. Abbosov, T. Abramova, S. Abidov, L. Ayrapetyanc, V. Badaev, G. Bagirov, A. Voxidov, L. Velichko, M. Galperin, L. Gurfinkel, G. Dashevskiy, A. Izrailov, A. Elkin, R. Ibragimov, R. Ickov, V. Kamelzon, G. Keshishev, V. Kinshakov, L. Lopatin, N. Prokofeva, V. Pushkarev, N. Stepanov, F. Sultanbekov, I. Tashmuxamedov, V. SHveduks, V. SHnurov, B. Pokrovskiylar O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan trener unvoniga ega bo'lishgan.

L. Ayrapetyanc, A. Velichko, M. Jukov, V. Kuleshov, M.Sirotenko, N. Stepanov, B. Mirodylovlar esa Xalqaro toifadagi sport ustalari sanalishadi. R. Avetisyan, V. Bausov, G. Dashevskiy, L. Elkin, I. Ickov, G. Keshishev, A. Koneev, L. Korchagina, V. Kolyujnyy, V. Pushkarev, YA. Ribalskiy, V. SHveduks, V. SHnurov, V. SHnurov, A. Pulatovlar milliy toifadagi hakamlar hisoblanishsa, A. Jarmuxamedov, R. Salimova, E. Tornikidular xizmat ko'rsatgan sport ustalari unvonini qo'lga kiritishgan.

Kafedra faoliyat ko'rsatgan turli yillar mobaynida uning tarkibida voleybol bo'yicha A. Bagirova, G. Xudyakov, V. Bardin, V. Bausov, A. Dukalskaya, L. Gaar, SH. Ismoilov, A. Karimov, L. Korchagina, G. Levin, A. Omarova, B. Pokrovskiy, A. Tunyan, G. Xudyakov, E. SHmitova, basketbol bo'yicha X. Abbasov, F. G'anieva, M. Galiev, N. Glebova, R. Zabirov, V. Zapuskalova, X. Ismatullaev, R. Ickov. L. Kuchina, A. Pleshakov, A. Portnova, N. Sokolova, V. Sushko, A. Tubalov, V. To'raxodjaev, M. To'raxodjaeva, M. Qosimova, M. Qurbonova, G. Yakubovlar talabalarning o'z kasblarini puxta egallashlari uchun saboq berib kelishgan.

Ayni paytda Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasida 1 nafar v.v.b. professor, 2 nafar docent, 1 nafar pedagogika fanlari nomzodi, 2 nafar falsafa doktor (PhD), 4 nafar katta o'qituvchilar, 16 nafar o'qituvchilar faoliyat ko'rsatishmoqda. 

Kafedrada istedodli talabalar ko'pchilikni tashkil etadi. Bir qator talabalar esa milliy terma jamoalarda, sport klublari tarkibida oliy ligalarda muvaffaqiyat qozonishmoqda. Universitetda tashkil etilgan aynan voleybol va basketbol bo'yicha o'g'il bolalar va qizlar jamoalari talabalar o'rtasida o'tkazib kelinayotgan Universiada sport o'yinlarida hamisha kuchli uchlikdan joy olib, universitet shanini munosib himoya qilib kelishmoqda. Bundan tashqari basketbol bo'yicha katta o'qituvchi, basketbol bo'yicha milliy terma jamoa bosh murabbiyi, “SK MORU” klubi bosh murabbiyi Botir Miradilov boshchiligidagi Danil Andreev, Temur Aripov, Elyor Inomov, Emil Kayumov, Maksim Leontev, Abdulla Ergashev kabi talabalar 2018-2019 yillarda O'zbekiston chempionati va kubogida g'oliblikni qo'lga kiritishgan. 2019 yilda Qirg'izistonning Bishkek shahrida o'tgan xalqaro turnirda ham oltin medallarga ega bo'lishgan.

Voleybol sport turi bo'yicha ham chempionlikka davogar bunday misollarni ko'plab keltirish mumkin.

Kafedrada, shuningdek, hamkorlik aloqalari ham mustahkamlangan. Xalqaro hamkorlik doirasida Belarus davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Sport o'yinlari kafedrasi, Rossiyaning “Nauka i prosveshhenie” ilmiy hamkorlik xalqaro markazi bilan, milliy hamkorlik doirasida O'zbekiston voleybol va basketbol federaciyalari, Namangan, Guliston, Nukus, Qarshi, Jizzax, Buxoro olimpiya zaxiralari kasb-hunar kollejlari, Toshkent turizm kolleji, Toshkent davlat stomatologiya instituti hamda Farg'ona viloyati sporto'yinlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi bilan hamkorlikdagi aloqalar yo'lga qo'yilgan.

Xullas, kafedra faoliyati bilan bog'liq ijobiy o'zgarishlar haqida yana ko'p gapirish mumkin. Qisqacha qilib aytganda, bugun kafedrada Svetlana Ashurkova boshchiligidagi professor-o'qituvchilar universitetda yaratilgan qulay shart-sharoitlardan unumli foydalanib, belgilangan istiqbolli dastur-rejalari asosida talablarning o'z sohalari bo'yicha bilimli mutaxassis-kadrlar bo'lib etishishi uchun har qachongidan ko'proq mehnat qilishmoqda.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi, o'z muxbirimiz 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing