So’nggi yangiliklar

09:35Богдан Гусковнинг навбатдаги рақиби, жанг санаси ва манзили маълум + ПОСТЕР 0 09:04Усик кейинги жанги бўйича қарор қабул қилди ва рақибини айтди 0 08:23"Тоттенхэм" "Реал" ва "Барселона"га Порронинг нархини эълон қилди 0 07:42MMA юлдузларининг Мойкано - Нолан жангига муносабати: "Жангни ҳакам ютиб берди" 0 07:01"Алекс учинчи чемпионлик камарини қўлга кирита олади" - UFC собиқ чемпиони 0 22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0

25 sen 18:49
Yangiliklar

Kurash

O'zDJTSUda dual talim tizimi doirasida tadbir tashkil etildi

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida talabalarining jismoniy harakati va tanlagan sport yo'nalishlari bo'yicha amaliy hamda nazariy bilimlarini oshirishga qaratilgan dual talim tizimidan foydalanishga alohida etibor qaratilgan.

Jumladan, universitetning Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi talabalari uchun, xususan, belbog'li kurash yo'nalishda tahsil olayotgan talaba-yoshlarning amaliy mashg'ulot jarayonlariga O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi, xalqaro toifadagi hakam Ravshan Dastirov taklif etildi. 

Kafedra professor-o'qituvchilari va talabalar ishtirok etgan ushbu amaliy mashg'ulotlarda Ravshan Dastirov milliy sport turimiz bo'lgan belbog'li kurashning rivojlanish tarixi va bugungi kunda federaciya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida batafsil malumot berib o'tdi.

 SHuningdek, R. Dastirov tomonidan belbog'li kurash musobaqalarida ishlatiladigan hakamlik qoidalarini, belbog'li kurash usullarini amaliy misollar yordamida ko'rsatib o'tdi.

Takidlash joiz, mazkur milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan bo'lib, bu borada ham qator loyihalar amalga oshirib kelinmoqda. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing