07 noy 16:38
Yangiliklar
Boks/MMA

P4P reytingida peshqadam o'zgardi. Saul Alvares Lomachenkodan o'tib ketdi
Dunyoga mashhur The Ring jurnali vazn toifasidan qatiy nazar eng kuchli bokschilarning yangilangan reytingini elon qildi.
Ushbu P4P reytingida peshqadam o'zgardi. Engil vazn toifasida WBA Super, WBO va WBC Franchise yo'nalishlari chempioni Vasiliy Lomachenko o'z o'rnini uchta vazn toifasida amaldagi jahon chempioni Saul "Kanelo" Alvaresga bo'shatib berdi.
Meksikalik bokschi yarim og'ir vazn toifasida endilikda sobiq WBO chempioni, rossiyalik Sergey Kovalyovni mag'lub etganidan so'ng The Ring reytingida 1-o'ringa ko'tarilib oldi. Kuchli uchlikka amerikalik jahon chempioni Terens Krouford yakun yasagan.
P4P reytingi (TOP-10):
1. Saul Alvares
2. Vasiliy Lomachenko
3. Terens Krouford
4. Naoyya Inue
5. Aleksandr Usik
6. Errol Spens
7. Gennadiy Golovkin
8. Xuan Fransisko Estrada
9. Artur Beterbiev
10. Menni Pakyao
Havola :
Manba : isport
Fikrlar