23 mar 14:40
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/111643_220.jpg)
Pakyao koronavirus haqida: O'limdan qo'rqmayman, odamlarga yordam berishim kerak
Yarim o'rta vazn toifasida WBA kamari sohibi Menni Pakyao odamlarga yordam berish uchun o'zini ham ayamasligini malum qildi.
“Men o'lishdan qo'rmayman. Odamlarga yordam berishni istayman. Juda ko'p odamlar uyi yo'qligidan ko'chalarda yashamoqda. Sen mamlakat rahbarlaridan biri bo'lganingdan so'ng, ularni ahvolidan xabar olishing shart.
Biz ham insonmiz, biz ularga hozir kerakmiz. Kambag'allikda ulg'ayganman va shu sababli ham ularning ahvolini yaxshi tushunaman”,-dedi Menni Pakyao.
Malumot uchun, Menni Filippinda senator hisoblanadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar