29 sen 08:55
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/88530_220.jpg)
Pakyao Meyvezer bilan muzokaralar olib borayotganini tasdiqladi
Yarim o'rta vazn toifasida WBA kamari sohibi Menni Pakyao besh vazn toifasida sobiq chempioni Floyd Meyvezerga qarshi revansh jangi uchun muzokaralar olib borayotganini tasdiqladi.
“Bu haqiqat. Men va Floyd muzokaralar stoliga o'tirganmiz. Hozircha hali hech narsa hal bo'lmagan bo'lsada, muzokaralar yaxshi kechmoqda. Odamlar jangimiz haqida ko'plab noto'g'ri gaplar gapirishmoqda. Bu esa meni umuman qiziqtirmaydi”,-dedi Menni Pakyao.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Floyd Meyvezer ham Menni Pakyaoga qarshi Yaponiyada jang qilishi mumkinligini malum qilgandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar