06 iyu 09:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Pakyao WBOdan Xorn bilan jang natijasini ko'rib chiqishni talab qilmoqda
Filippinlik afsonaviy bokschi Menni Pakyao Butunjahon boks tashkiloti (WBO)ga rasmiy murojaatnoma bilan chiqdi.
Sakkiz vazn toifasida sobiq jahon chempioni hisoblangan Pakyao (59-7-2, 38 KO) WBO tashkilotidan avstraliyalik Jeff Xorn (17-0-1, 11 KO) bilan kechgan jang natijasini qayta ko'rib chiqishni talab qilmoqda.
“Men boksni juda yaxshi ko'raman, lekin uning noxolis hakamlik tufayli o'lib borayotganidan afsusdaman. Men adolat uchun kurashaman. WBO muxlislarda hakamlar sabab boksga bo'lgan nafrat uyg'onishining oldini olishi kerak”, – dedi Pakyao.
Takidlash joiz, hakamlar Menni Pakyao Jeff Xornga qaraganda ikki barobar ko'p aniq zarba berganiga qaramay, g'alabani mezbon bokschiga taqdim etishgan edi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar