05 avg 09:10
Yangiliklar

Pakyaoga qarshi 4 ta jang o'tkazgan afsonaviy bokschi faoliyatini yakunladi
Markes professional boksdagi faoliyatini 1993 yilda boshlagan edi. U ilk jangidayoq mag'lubiyatga uchragandi. Meksikalik bokschi so'nggi bor 2014 yilning may oyida jang o'tkazgandi. O'shanda u Mayk Alvaradoni mag'lubiyatga uchratgan edi.
43 yoshli Markes shu yil oxirigacha yana bitta jang o'tkazishni rejalashtirayotgandi. Lekin malum sabablarga ko'ra bu jang sanasi bir necha bor o'zgartirildi. Oxir oqibat Markes faoliyatini yakunlaganini rasman elon qildi.
Malumot uchun, Markes filippinlik boks afsonasi Menni Pakyaoga qarshi oz emas, ko'p emas, 4 ta jangda ringga ko'tairilgan. To'rtinchi to'qnashuvda Markes Pakyaoni nokautga uchratgan edi.
Bundan tashqari, Markes faoliyati davomida Manuel Medina, Derrik Geyner, Orlando Salido, Marko Antonio Barrera, Xoel Kasamayor, Xuan Dias kabi mashhur bokschilarni mag'lub etgan. Floyd Meyvezer, Timoti Bredliga imkoniyatni boy bergan.
Fikrlar