22 iyu 10:44
Yangiliklar
Boks/MMA
Pakyaoni mag'lub etgan Xorn Meyvezerni ringga chorlayapti
Avstraliyalik 29 yoshli Jeff Xorn amerikalik engilmas bokschi Floyd Meyvezerni jangga chorlayapti.
Xorn yaqinda afsonaviy Menni Pakyaoni shov-shuvli tarzda mag'lubiyatga uchratib, yarim o'rta vazn toifasida WBO chempionlik kamarini qo'lga kiritgan edi.
“Men uchun katta janglarni tashkil qilishlarini istayman. Raqiblarimning ism-shariflari jarangdor bo'lishi shart. Ulardan biri Floyd Meyvezer bo'lsa yomon bo'lmasdi”, - dedi Xorn.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar