17 okt 19:56
Yangiliklar
Paralimpiya harakatini rivojlantirish yo'lida navbatdagi qaror qabul qilindi
Uzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” 2021 yil 18 maydagi PQ-5114-son qaroriga muvofiq paralimpiya sport turlari bilan shug'ullanadigan trenerlar, uslubchi-yo'riqchilar va boshqa mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishga ixtisoslashgan ilmiy-talim muassasasi faoliyatini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
- O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” 2021 yil 18 maydagi PQ-5114-son qarorining 8-bandiga muvofiq:
O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgan Paralimpiya sport turlari bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash instituti tashkil etilganligi;
Paralimpiya sport turlari bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash instituti paralimpiya sport turlari bilan shug'ullanadigan trenerlar, uslubchi-yo'riqchilar va boshqa mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishga ixtisoslashgan ilmiy-talim muassasasi etib belgilanganligi malumot uchun qabul qilinsin.
- Quyidagilar Paralimpiya sport turlari bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash institutining asosiy vazifalari etib belgilansin:
parasport bo'yicha faoliyat yuritayotgan trenerlar, yo'riqchi-uslubchilar va boshqa mutaxassislarning malakasini oshirish, bunda xalqaro ilg'or tajribaga ega bo'lgan mutaxassislar va trenerlarni talim jarayoniga shartnoma asosida jalb etish;
kasbiy malumotga ega bo'lmagan sport-talim muassasalari xodimlari uchun qo'shimcha ixtisoslik bo'yicha pullik asosda parasport bo'yicha qayta tayyorlash va qisqa muddatli maxsus kurslarni tashkil etish;
parasport bo'yicha sportchilarni o'qitish va tayyorlashning barcha darajalarida sport mahoratidan bilim berishning innovacion metodlarini ishlab chiqish, ilg'or pedagogik texnologiyalarni joriy etish va joriy etishga yo'naltirilgan ilmiy-tadqiqotlar o'tkazish;
parasport bo'yicha qobiliyatli yosh sportchilarni aniqlash hamda ular orasidan xalqaro sport maydonlarida munosib qatnashishni taminlashga qodir bo'lgan professional sportchilarni tayyorlash mahorati va ko'nikmalarini rivojlantirishga yo'naltirilgan zamonaviy hamda samarali o'qitish dasturlari va usullarini joriy etish.
- Paralimpiya sport turlari bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash institutining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi raisiga, zarur hollarda, institut tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni va mehnatga haq to'lash fondi doirasida o'zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
- Paralimpiya sport turlari bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi to'g'risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
- O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi Sportni rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Paralimpiya sport turlari bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash instituti ustavining ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini, shuningdek, belgilangan tartibda uning davlat ro'yxatidan o'tkazilishini taminlasin;
Paralimpiya sport turlari bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash instituti o'quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin;
Paralimpiya sport turlari bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash institutini o'qitishning zamonaviy uslublarini qo'llash ko'nikmalariga va ilmiy-tadqiqot ishlari bo'yicha amaliy tajribaga ega bo'lgan malakali xodimlar bilan to'ldirilishini taminlasin.
- O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi, “El-yurt umidi” jamg'armasi bilan birgalikda iqtidorli mutaxassislar hamda Paralimpiya sport turlari bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash institutini professor- o'qituvchilarini xorijiy davlatlarda malakasini oshirish choralarini ko'rsin.
- Oliy va o'rta maxsus talim vazirligi Xalq talimi vazirligi, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bilan birgalikda paralimpiya va noparalimpiya sport turlari bo'yicha o'quv adabiyotlari, o'quv-metodik qo'llanmalar, darsliklarni ishlab chiqsin va Paralimpiya sport turlari bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash institutini taminlasin.
- Sportni rivojlantirish vazirligi Maktabgacha talim vazirligi, Xalq talimi vazirligi, Oliy va o'rta maxsus talim vazirligi, O'zbekiston nogironlar jamiyati, O'zbekiston ko'zi ojizlar jamiyati, O'zbekiston karlar jamiyati trenerlar, o'qituvchilar, jismoniy tarbiya instruktorlari,
yo'riqchi-metodistlar va sport faoliyati yo'nalishlari bo'yicha boshqa mutaxassislarning egallab turgan lavozimiga ko'ra malaka oshirish kurslaridan o'tishi bo'yicha belgilangan davriylikni inobatga olgan holda keyingi kalendar yilda malaka oshirish kurslariga o'qishga yuboriladigan tinglovchilar kontingentini shakllantirib, O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasiga takdim etib borsin. - Nogironligi bo'lgan shaxslar ishlari bo'yicha idoralararo kengashi Paralimpiya sport turlari bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash instituti:
faoliyatini moliyalashtirishda homiylik xayriyalari, xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalarini jalb etish;
talim tizimiga etakchi xorijiy davlatlar talim muassasalari tajribasini joriy etish va xorijiy ekspertlarni jalb etish choralarini ko'rsin.
- Paralimpiya sport turlari bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash instituti Toshkent shahri, Beshyog'och ko'chasi, 126-uy manzili bo'yicha vaqtinchalik joylashtirilsin.
Bunda, Paralimpiya sport turlari bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash instituti kelgusida Toshkent shahrida barpo qilinayotgan “Olimpiya shaharchasi”da joylashtirilishi nazarda tutilsin.
P.Belgilab qo'yilsinki, Paralimpiya sport turlari bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash institutini saqlash xarajatlari uchun zarur mablag'lar 2022 yilda respublika byudjeti mablag'lari doirasida, 2023 yildan boshlab esa Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
- O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi, O'zbekiston nogironlar associaciyasi, O'zbekiston karlar jamiyati, O'zbekiston nogironlar jamiyati, O'zbekiston ko'zi ojizlar jamiyati va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda 2022 yil 1 dekabrga qadar noparalimpiya sport turlari bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo'yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
- Axborot texnologiyalari va kommunikaciyalarini rivojlantirish vazirligi belgilangan tartibda Paralimpiya sport turlari bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash institutini zarur telekommunikaciya xizmatlari bilan va Internet tarmog'iga ulanishini taminlasin.
- Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish sportni rivojlantirish vaziri A.I. Ikramov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Talim, sog'liqni saqlash va sport masalalari kotibiyatiga yuklansin.
O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov
Fikrlar