08 may 07:10
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari
Parij-2024 tashkiliy qo'mitasi Olimpiada suv sporti markazini yaratishga kirishdi
Parijda 2024 yilda bo'lib o'tadigan Olimpiya o'yinlari tashkiliy qo'mitasi Olimpiada suv sporti markazi loyihasini shu yil kuzga yaqin ko'rib chiqishni mo'ljallamoqda.
Bu suv sporti markazida Olimpiadaning suv polosi, sinxron suzish va suvga sakrash bo'yicha musobaqalari bo'lib o'tadi. Tashkiliy qo'mita Olimpiya o'yinlarining suv sportidagi ko'plab musobaqalarini “Stad Frans” yaqinidagi «Plaine Saulnier» kvartalida barpo etiladigan suzish havzasida o'tkazish to'g'risida qaror qabul qildi.
Hozirgi paytda ikkita loyiha ustida faol ish olib borilmoqda. Bu loyihalarning har biri o'z xususiyatlariga ega. Ammo bu majmua suzish bo'yicha musobaqalar o'tkazilishini nazarda tutmaydi. Ushbu musobaqalarni Olimpiya o'yinlari paytida foydalaniladigan uchta suzish havzasi qabul qiladi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar