08 apr 15:01
Yangiliklar
"Paxtakor" birinchi uchrashuvini o'tkazganiga 70 yil to'ldi
Birinchi rasmiy bellashuv ikkinchi liganing "B" klassi doirasida 1956 yilning 8 aprel kuni o'tkazilgan. Unda Perm viloyatining Molotov shahri jamoa bilan to'qnash kelgan "Paxtakor" 1:0 hisobida g'alaba qozongan. O'yin qaydnomasi bilan tanishing:
"Paxtakor" - Perm shahri jamoasi - 1:0 (1:0). "Spartak" stadioni.
"Paxtakor": Pyotr Volostnov, Akmal Azizxo'jaev, Anatoliy Kozenkov, Vitaliy Vitkalov, Idgay Tazetdinov, Qobil Muqimov, Yakov Kaprov, Laziz Maqsudov, Vladimir Kanunnikov, Aleksandr Murashov, Mixail Borkin.
Gol: Laziz Maqsudov, 44-pen.
Hozirga kelib jamoamiz 15 marta O'zbekiston chempionatida va 13 bor O'zbekiston Kubogida, ikki bor O'zbekiston Superkubogi, bir martadan MDH Kubogi va Liga Kubogida zafar quchib, mamlakatimizning eng sovrindor jamoasiga aylangan. CHempionlar Ligasida ishtirok etish bo'yicha Osiyo rekordchilaridan biri sanaladi. Ushbu turnirda jamoamiz ikki marta yarim finalda o'ynagan.
P.S: Surat 1956 yilga tegishli.
Fikrlar