So’nggi yangiliklar

10:59Осиё ўйинлари-2026. Ўзбекистоннинг гуруҳдаги рақиблари маълум бўлди 0 10:36Нурсултон Рўзибоев: "Ишга келдик яна" (ФОТО) 0 10:02Рамазон Темиров ва Богдан Гусков иштирокидаги матбуот анжуманидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 09:36Богдан Гусков ва Магомед Анкалаев иштирокидаги очиқ машғулот olamsport.com фотосуратчиси нигоҳида (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 08:58Суперлига. Бугун 13-тур якунланади 0 08:20Майкл Пейж: "UFC менга топ-10 даги рақиблар билан жанг бермаётгани — ақлга сиғмайди" 0 19:06Богдан Гусков: "Анкалаев билан жанг ҳаётимни ўзгартириши мумкин" 0 18:35Рамазон Темиров иштирокидаги тўлиқ матбуот анжумани 0 18:13Фил Фоден "Манчестер Сити" билан шартномасини 2030 йилгача узайтирди 0 17:33Стив Эрцег Рамазон Темиров ҳақида қандай фикр билдирди? 0 16:58Холдаров ва Олимов Арманистонда илк жангларини ўтказди 0 16:33Темиров ўзи жанг қилишни хоҳлайдиган спортчи номини айтди 0 16:00Гильермо Очоа профессионал футболдаги фаолиятини якунлаганини эълон қилди 0 15:27Ўзбекистонда UFC турнири қачон ўтказилади — Рамазон Темиров ўз фикри билан бўлишди 0 14:55Рамазон Темиров Асу Алмабаев билан UFC'даги эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0

03 fev 17:38
Yangiliklar

Futbol

"Paxtakor"ning xorijiy murabbiyi Elit OCHL doirasida "Al Garafa" bilan o'yin oldidan matbuot anjumanida qatnashdi

Teglar :  Pedru Moreyra
"Paxtakor" ertaga Elit OCHL doirasida Qatarda "Al Garafa" mehmoni bo'ladi.

Ushbu bellashuvdan oldin matbuot anjumanida bosh murabbiy Pedru Moreyra qatnashdi. Unga hujumchi Igor Sergeev hamroh bo'ldi.

- Biz mazkur uchrashuvga tayyorgarlikni yaxshi o'tkazdik deb o'ylayman. Bir oy yangi mavsumga hozirlik jarayonida bo'ldik. Mashg'ulotlarda imkon qadar ishladik. Bizni mavsumdagi birinchi rasmiy o'yin kutib turibdi. Raqib esa mavsumining qizg'in pallasida. Bizni keskin bahs kutib turibdi. Yaxshi o'yin namoyish qilib, ijobiy natijaga erishishga intilamiz.

Raqibni o'rganib chiqdik. "Garafa" yaxshi saviyadagi futbolchilarga ega jamoa. Portugaliyalik murabbiy Pedru Martins boshchiligida ular hujumkor futbol ko'rsatishmoqda. Raqibimiz juda kuchli jamoa.


Sergeevning fikrlari quyidagicha bo'ldi:

- Turkiyadagi yig'inda bir oy mashq qildik. O'ylashimcha, jismonan va ruhan o'yinga tayyormiz. Jamoadagi muhit ajoyib holatda. Ertaga muhim bellashuv bo'ladi. Biz maydonda borimizni berishga harakat qilamiz. Uyga ijobiy natija bilan qaytishni xohlaymiz.

"Garafa" yaxshi shakllangan jamoa, tarkibida ko'plab xorijlik va mahalliy yuqori saviyali futbolchilar bor. Biz mavsumni endi boshlaymiz. Imkon qadar eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishga urinamiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing