15 dek 11:24
Yangiliklar
Futbol
Pep Gvardiola Aleks Fergyusonning Premer ligadagi rekordini yangiladi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiolaning Angliya Premer-ligasining 16-turida "Kristal Pelas" ustidan 3:0 hisobida g'alaba qozondi.
SHu tariqa, Gvardiolaning "Manchester Siti"si APLda uch va undan ko'p gol urib, g'alaba qozongan 150-uchrashuvi bo'ldi. Ushbu natijaga erishish uchun ispaniyalik mutaxassisga 358 ta o'yin kerak bo'ldi.
"Manchester Siti" rasmiy veb-saytiga ko'ra, Gvardiola ushbu natijasi evaziga afsonaviy Ser Aleks Fergyusonning rekordini yangilagan. "MYU"ning afsonaviy murabbiyi 522 ta o'yinning 149 tasida shunday g'alabaga erishgan.
Malumot uchun, Xosep Gvardiola 2016 yildan beri "Manchester Siti"ni boshqarib kelmoqda. Bu vaqt oralig'ida murabbiy klub bilan 6 marta APL chempionligini qo'lga kiritdi.

Havola :
Fikrlar