17 jan 11:36
Yangiliklar
Futbol
Pep Gvardiola bugungi derbi oldidan Husanov haqida fikr bildirdi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yin oldidan Abduqodir Husanov haqida gapirdi.
"Husanov bu mavsum doimiy tarzda o'ynab kelmoqda. Ammo “Arsenal”ga qarshi o'yinda jarohat olgach, bir necha uchrashuvda maydonga tushmadi. Sababi, Ruben Diash juda yaxshi harakat qildi. Xusa har safar o'ynaganda, o'zini juda yaxshi tutgan. U doim maydonga tushganda, yaxshi taassurot qoldirgan", - deya fikr bildirdi murabbiy.
Eslatib o'tamiz, Manchester derbisi bugun bizning vaqt bilan soat 17:30 da boshlanadi.

Havola :
Fikrlar