So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

20 jan 08:56
Yangiliklar

Futbol

Pep Gvardiola: "Husanov ko'p yillar davomida "Manchester Siti"ning eng yuqori darajadagi himoyachisi bo'ladi"

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o'zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovning o'yini va xarakteriga yuqori baho berdi.

Norvegiyada bo'lib turgan saytimiz vakili Abdulvosit Bektemirov "Budyo Glimt" - "Manchester Siti" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida Pep Gvardiolaga Husanov haqida bir nechta savol berdi.

- Abduqodir Husanovning oxirgi bahslardagi harakatlariga qanday baho berasiz?

- Husanovning oxirgi o'yinlari shunchaki dahshatli bo'ldi, biz juda xursandmiz. SHuni alohida aytishim kerakki, "Arsenal" bilan o'yindan keyin u bir oy davomida biror daqiqa ham o'ynamadi. Bu juda uzoq muddat edi.

Uning mashg'ulotlardagi va kiyinish xonasidagi o'zini tutishi — Husanovni aynan shu xislatlar xarakterlaydi. Qiyin lahzalarda futbolchining kimligi jamoada o'zini qanday tutishidan bilinadi.

Abduqodir... bilmadim, lekin ishonchim komilki, bu uning ota-onasidan olgan tarbiyasi, O'zbekiston tasiri. U Franciyada, Parijda atigi bir necha oy bo'ldi va darrov bu erga — APLga, "Manchester Siti"ga keldi. Bunday o'zgarish oson emas. Lekin u eshitdi, o'rgandi va albatta, uning jismoniy holati shunchaki yuqori darajada.

"Manchester Siti" ko'p, juda ko'p yillar davomida eng yuqori saviyadagi markaziy himoyachiga ega bo'ldi.

- Husanov 100% asosiy tarkib futbolchisi bo'lishi uchun nima qilishi kerak?

- Ochig'ini aytaman: bu faqat uning o'ziga bog'liq. Faqat va faqat o'ziga! — dedi Gvardiola.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing