12 iyu 09:13
Yangiliklar
Boks/MMA

Petr Yan g'alabadan so'ng nimalar dedi?
Endilikda UFC chempioni Petr Yan Joze Aldu ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Barchaga rahmat, yaqinda farzandlik bo'ldim, bu esa menga katta kuch va g'alabaga erishishimga turtki bo'ldi. Butun Rossiya xalqiga minnatdorchilik bildiraman, ular menga ishonishdi. O'z o'rnida bu ishonchni oqlashga harakat qildim va buni uddaladim deb o'ylayman", - dedi Yan.
Eslatib o'tamiz, Yan Xabib Nurmagomedovdan so'ng UFC kamarini qo'lga kiritgan ikkinchi rossiyalik sportchiga aylandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar