15 iyu 17:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Petr Yan qachon faoliyatini yakunlamoqchi ekanligi haqida gapirdi
UFC chempioni Petr Yan sportda uzoq vaqt qolmoqchi emasligi haqida gapirdi.
"10 yildan so'ng o'zimni qanday ko'rmoqdaman? Biznes bilan shug'ullanmoqchiman. 37 yoshimda o'zimni sportda ko'rmayapman. Yana uch yil. Maksimum 30 yosh", - dedi Yan.
Eslatib o'tamiz, 27 yoshli Yan bir necha kun oldin Abu-Dabida o'tkazilgan turnirda Joze Aldoni mag'lub etdi va o'ta engil vazn toifasi chempioniga aylandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar