So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

26 sen 18:31
Yangiliklar

Futbol

PFL "Navbahor" klubidagi vaziyatni o'rganishni so'rab Associaciyaga murojaat yo'lladi

Teglar :  NavbahorPFL
Superliga 22-turidan o'rin olgan "Buxoro" klubiga qarshi o'yinda "Navbahor" 0:5 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

20 sentyabr sanasida bo'lib o'tgan uchrashuv yakunida "Navbahor" bosh murabbiyi Sergey Lushchan matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlar savollariga javob qaytardi. 

Rossiyalik mutaxassisning matbuot anjumanida bildirgan fikrlari Liga etiborini tortdi. Unda Lushchan ayrim futbolchilar raqib jamoa foydasi uchun harakat qilganligini va bu kabi holatlar tegishli organlar tomonidan o'rganib chiqilishi lozimligini qayd etgan. Bunga qadar ham murabbiy matbuot anjumanlarida bir qator keskin fikrlar bildirgan bo'lib, ularda nomma-nom sanamagan bo'lsa-da, o'zining ayrim shogirdlariga nisbatan konkret ayblovlari borligini bildirgandi. 

"Navbahor" klubidagi muhit Liga nazdida sog'lom emasdek taassurot uyg'otadi. Garchi, klub mavsumning birinchi davrasini ko'tarinki ruhda o'tkazgan bo'lsa-da, moliyaviy tomondan qiyinchiliklar mavjud ekanligi ko'rinib turdi. Xususan, na klub va na viloyat hokimligi tomonidan Associaciya hamda Ligaga taqdim etilgan kafolatlarga amal qilindi. Ayni vaqtda ham klub eski qarzdorlikni bartaraf eta olmagan. SHunga qaramay, klub mavsum boshida xorijiy yig'inda ishtirok etdi va ayrim tajribali futbolchilarni o'z safiga qo'shishda davom etdi. Lushchan tomonidan bildirilayotgan fikrlarning haqiqatga qanchalik yaqin ekani, klubdagi vaziyatga moliyaviy holat qanchalik tasir qilayotgani, futbolchilar oldida ehtimoliy qarzdorlikning mavjud ekanligi ularning sport formasi hamda kayfiyatiga qanday tasir ko'rsatayotgani va oxir-oqibat bu holatlar klub natijalarida qanday rol o'ynayotganligi Liga uchun muhim hisoblanadi.  

Boisi, Sergey Lushchan tomonidan yuqorida bildirilgan fikrlar ichki chempionatning sport yaxlitligi, undagi sog'lom raqobat va haqqoniy o'yinlar masalasiga nisbatan qator savollarni keltirib chiqaradi. Agar murabbiyning fikrlari va yoki unda mavjud shubhalarda asos mavjud bo'lsa, endilikda bu faqatgina klubning ichki ishi bo'lmaydi va u tabiiyki, Superligadagi sog'lom raqobat masalasiga putur etkazadi. Aksincha holat bo'lib, murabbiy o'z bayonotlari uchun asos topib bera olmasa, demak, u o'z so'zlariga qo'shimcha izoh berishi shart.  

SHularni inobatga olgan holda, "Navbahor" klubidagi vaziyatni o'rganish uchun Liga Associaciyaning Futbol faoliyatini nazorat qilish bo'yicha maxsus inspekciyasiga murojaat qilishni lozim deb topdi. So'nggi bor maxsus inspekciya shu yilning iyun oyida futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish jarayonidagi qalbaki hujjatlar masalasini o'rganib, masalaga to'la oydinlik kiritib bergandi. Umid qilamizki, yuqoridagi masala ham atroflicha o'rganib chiqiladi va uning xulosasi Liga azosi bo'lgan har qanday klub va uning rasmiylariga ogohlik bo'lib xizmat qiladi", – deyiladi xabarda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing