09 noy 17:47
Yangiliklar
Futbol
Pike yaqin kelajakda "Barselona" prezidenti bo'lish niyatida
"Barselona" himoyachisi Jerar Pike yaqin vaqt ichida klub prezidenti bo'ladi, deb xabar berdi Sport.es.
Manbaga ko'ra, futbolchi bo'lajak saylovlar uchun jamoasini shakllantirishga kirishgan.
"Barselona"da navbatdagi prezidentlik saylovlari 2025 yilda bo'lib o'tadi. Klubning hozirgi prezidenti Joan Laporta hisoblanadi.
Pike "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 5 noyabr kuni u Ispaniya chempionati 13-turi doirasida "Almeriya"ga qarshi (2:0) jamoasi uchun so'nggi o'yinni o'tkazdi.
Havola :
Manba : Sport.es
Fikrlar