11 okt 07:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Piter Fyuri: “Tayson mart-aprel oylarida mashg'ulotga qaytadi”
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBA (Super) hamda WBO yo'nalishlari chempioni britaniyalik Tayson Fyuri kelasi yilning mart oylarida mashg'ulotlarga qaytadi.
Bu haqda uning murabbiyi va amakisi Piter Fyuri xabar berdi. Britaniyalik bokschi o'zini ruhiy tomondan zaif xis qilayotgani bois, ikkinchi marotaba ukrainalik Vladimir Klichkoga qarshi o'tkazilishi kerak bo'lgan chempionlik revansh jangini bekor qilgandi.
“U faoliyatini qayta tiklaydi. Tayson hozir tushkun holatga tushib qolgan. Ayni paytda uning jang o'tkazishi faqat zararga ishlaydi. SHu bois, shifokorlar va ruhshunoslar ko'rsatmasiga ko'ra, u malum vaqt tanaffus oldi. Mart yoki aprel oylarida mashg'ulotlarni boshlaymiz”, - dedi Piter Fyuri.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar