03 apr 11:16
Yangiliklar
Futbol
Polsha chempionatida darvozabon o'z jarima maydonidan raqib jamoaga gol urdi + VIDEO
Polsha chempionatidan o'rin olgan "Pusha" - "Radomyak" uchrashuvida hayratlanarli gol urildi.
Uchrashuvning 66-daqiqasida o'z jarima maydoni yaqinida himoyachidan to'pni qabul qilib olgan "Radomyak" darvozaboni Gabriel Kobilyak oldinga uzatma amalga oshirdi. Biroq to'p yo'nalishi kutilganidan kuchliroq chiqib, buni kutmagan raqib posbonini ham shoshirib qo'ydi hamda darvoza to'riga borib tushdi.
Mezbonlar darvozaboni Olivir Zix harqancha urinmasin, kutilmagan zarbani barataraf eta olmadi va supergol urilishida sababchilardan biri bo'lib qoldi.
Havola :
Fikrlar