24 avg 17:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Pore: Nurmagomedov ustidan qozonadigan g'alabam muddatidan oldin qo'lga kiritiladi
Amerikalik MMAchi Dastin Pore Xabib Nurmagomedovga qarshi bo'lajak jang haqida fikr bildirdi.
"Jangni qanday yakunlab olish haqida o'ylayotganim yo'q. Ammo shunisi aniqki, Xabibni taslim bo'lishga majbur eta olaman. Jangni muddatidan oldin yakunlayman, ammo u nokaut bo'ladimi yoki uning o'zi tan beradimi bilmayman. Ammo, Nurmagomedov ustidan muddatidan oldin g'alaba qozonaman.
Parterda u juda xavfli. Maqsadim unga tepada imkon bermaslik. Agar raqib 5 raunddan 3 tasida yotib olsa, yaxshisi muddatidan oldin g'alaba qozonish lozim.
Asosiy maqsadim - chempionlik kamarini qo'lga kiritishdir", - dedi Pore.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar