02 sen 08:49
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/83460_220.jpg)
Povetkin endi Tayson Fyuri bilan jang qilmoqchi
Rossiyalik superog'ir vaznli bokschi Aleksandr Povetkin Tayson Fyuri bilan jang qilish istagida.
Povetkin bu haqida Taysonning qarindoshi Xyui Fyuriga qarshi jangdan so'ng aytib o'tdi.
"Tayson Fyuriga qarshi jang qilishni istardim, chunki u juda ko'p gapiradi. Men doimo tayyorman va bundan xursand bo'laman. Endi navbatdagi jangimni unga qarshi o'tkazish uchun imkoniyat bor. Umid qilamanki, bu amalga oshadi", - dedi Povetkin.
Eslatib o'tamiz, Povetkin 31 avgust kuni Londonda tashkil etilgan jang oqshomida Xyui Fyurini ochkolar hisobida mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar