01 sen 02:14
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/83390_220.jpg)
Povetkin - Fyuri chempionlik jangi to'liq 12 raund davom etdi
Hozirgina Buyuk Britaniyaning London shahridagi O2 arenasida o'tkazilayotgan professional boks kechasi doirasidagi anderkad jangi yakunlandi.
Superog'ir vazn toifasida o'tkazilgan ushbu 12 raundlik jangda rossiyalik sobiq jahon chempioni Aleksandr Povetkin mezbon bokschi Xyui Fyuriga qarshi ringga ko'tarildi.
Jang oldidan Povetkin 102,3 kg, Fyuri esa 101,7 kg tosh bosgandi. O'n ikki raundlik jang yakunida hakamlar bir ovozdan 117:111, 117:111, 117:111 hisobidagi g'alabani Povetkinga taqdim etishdi. Rossiyalik bokschi qitalararo WVO chempionlik kamarini qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar