23 avg 14:50
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/82465_220.jpg)
Povetkin: Fyuri noqulay raqib
Super og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Aleksandr Povetkin navbatdagi raqibi Xyui Fyuri haqida fikr bildirdi.
«Britaniyada boksni sevishadi, shu sababli ham ular yulduzlarini hech qachon yolg'izlatib qo'yishmaydi. Fyuri - yosh hamda noqulay raqib. Uning bo'yi uzun, shu sababli ham uning zarbalari qaerdan kelishini sezmasligim mumkin. U masofada yaxshi jang qiladi. Fyuri bilan juda qiyin bahs bo'lishi aniq»,-dedi Povetkin.
Eslatib o'tamiz, Povetkin - Fyuri jangi 31 avgust kuni Londondagi O2 arenasida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar