11 sen 12:53
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/85015_220.jpg)
Povetkin ham Saudiya Arabistonida jang qiladi
Rossiyalik sobiq jahon chempioni Aleksandr Povetkin (35-2, 24 KO) o'zining navbatdagi jangini Saudiya Arabistonida o'tkazishi mumkin.
Uning raqibi amerikalik Maykl Xanter (17-1, 12 KO) bo'ladi. Ushbu jang 7 dekabr sanasida Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, Saudiyadagi boks kechasining markaziy jangida superog'ir vazn toifasida jahon chempioni Endi Ruis sobiq chempion Entoni Joshuaga qarshi revansh jangida ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar