02 iyu 08:30
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/15122_220.jpg)
Povetkin ikkita chempionlik kamarini qo'lga kiritdi
Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahrida professional boks kechasi o'tkazildi.
Oqshomning markaziy jangi superog'ir vazn toifasida bo'lib o'tdi. Unda so'nggi paytlarda doping mojarosiga o'ralashib qolgan Aleksandr Povetkin ukrainalik Andrey Rudenkoga qarshi ringga ko'tarildi.
O'n ikki raundga mo'ljallangan chempionlik jangida sobiq jahon chempioni ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi. Hakamlar bir ovozdan - 120-109, 120-108, 120-108 hisobida g'alabani Povetkinga taqdim etishdi.
SHu tariqa, rossiyalik bokschi vakant bo'lib turgan WBO International hamda WBA Inter-Continental chempionlik kamarlarini qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar