15 okt 17:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Povetkin kelishib oldi
"Mir boksa" promouterlik kompaniyasi rahbari Andrey Ryabinskiyning aytishicha, Aleksandr Povetkinning navbatdagi raqibi malum.
Unga ko'ra, Povetkin 7 dekabr kuni Saudiyadagi jang oqshomida Maykl Xanterga qarshi ringga ko'tariladi.
"Xanter bilan shartnoma rasman imzolangani yo'q, ammo kelishuv bor. O'ylaymanki, barchasi joyida bo'ladi. Biz bunga erishamiz va Sasha Saudiya Arabistonida jang qiladi.
Xanter juda jiddiy va qiyin raqib. Sasha uchun bunday jangda g'alaba qozonish reytingda ko'tarilib olishga yordam beradi. Va eng asosiysi: jangni ko'p odamlar tomosha qiladi. CHunki, u Ruis va Joshua revanshi oldidan bo'ladi", - dedi Ryabinskiy.
Havola :
Manba : ТАСС
Fikrlar