29 iyu 19:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Povetkin - Uayt jangi nima uchun 22 avgustga belgilangani aytildi. Bunga futbol sabab ekan
Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Xirn nima uchun Aleksandr Povetkin va Dillian Uayt o'rtasidagi jang 22 avgustga belgilangani haqida gapirdi.
"Biz janglarni 25 iyulga reja qilayotgandik, lekin Dillian Uaytga mos sanani tanladik. SHundan so'ng CHempionlar ligasi haqidagi xabar chiqdi. Ular o'yinlarni 8 yoki 15 avgustda o'tkazishmoqchi edi. SHu sabab biz jangni 22 avgustga belgiladik.
Biz birinchi jang oqshomini APL tugaganidan keyin, 1 avgustda tashkil etishimiz mumkin. O'ylaymanki, barchasi biz uchun yaxshi bo'ladi va Sky Sports avgust oyi davomida janglarimizni translyaciya qiladi. SHunda katta boks haqiqatdan ham qaytadi", - dedi Xirn.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar