11 iyu 15:09
Yangiliklar
Boks/MMA

Povetkin Uaytga qarshi jangga tayyorgarlikning birinchi bosqichini yakunladi + FOTO
Rossiyalik superog'ir vazn toifasidagi bokschi Aleksandr Povetkin britaniyalik Dillian Uaytga qarshi jangga tayyorgarlikning ilk bosqichini yakunladi.
"Aleksandr Povetkin Oltoyda o'tgan birinchi bosqich o'quv-mashg'ulot yig'inini yakunladi. Bugun jamoa Moskvaga qaytadi", - deyiladi "Mir boksa" promouterlik kompaniyasi matbuot xizmati bergan xabarda.
Eslatib o'tamiz, Aleksandr Povetkin - Dillian Uaĭt jangi 22 avgust kuni Buyuk Britaniyada bo'lib o'tadi. Jang britaniyalik promouter Eddi Xirnning bog'ida o'tkaziladi. Uayt 27 g'alaba va bir mag'lubiyatga ega. Povetkin esa 35 ta jangda g'alaba qozongan. Hisobida yana ikki mag'lubiyat va bir durang bor.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar