15 noy 13:00
Yangiliklar
Suv sporti turlari
Poytaxt jamoasi mamlakat kubogini qo'lga kiritdi
O'zbekiston Kasaba uyushmalari Federaciyasining suv sporti saroyida suzishning turli yo'nalishlari bo'yicha U11 va U13 yosh toifasidagi sportchilar o'rtasida o'tkazilgan O'zbekiston kubogining g'olib va sovrindorlari aniqlandi.
Musobaqaning U13 yosh toifasida brass usulda suzish bahslarida Asalxon Muqimova va Hasan Zamihullaev oltin medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, kompleks usulda suzish bo'yicha Imona Ismoilova hamda Husan Zamihullaevga teng keladigani topilmadi. Erkin usulda 4x100 metr masofaga o'tgan estafeta bahslarida Toshkent jamoasi g'olib bo'ldi.
U11 yosh toifasida o'tkazilgan ushbu yo'nalishdagi bahslarda Mushtariy Abdug'afforova, Bernora Davlatova, Roman Petrovnin, Olimjon O'rinboev shohsupaning eng yuqori pog'onasidan joy oldi.
SHu tariqa, besh kun davom etgan bahslar yakuniga ko'ra Toshkent shahri jamoasi umumjamoa o'rtasida 3942 ball to'plagan holda O'zbekiston kubogini qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : uza.uz
Fikrlar