So’nggi yangiliklar

19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0

08 apr 07:30
Yangiliklar

Futbol

Prezident futbol o'yinlari vaqtini 19:00 dan keyinga belgilash va stadionlarda muxlislar tashrifini oshirish topshirig'ini berdi

Teglar :  SHavkat Mirziyoev
Prezident SHavkat Mirziyoev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tmoqda.

Yaqinda imzolangan Prezident qarori bilan sportga homiylik qilaman degan tadbirkorlar uchun manfaatli sharoitlar yaratildi. Endilikda federaciya bir yillik xarajatining 20 foizi miqdorida homiylik qilgan tadbirkor boshqaruv azolari tarkibiga kiradi. Professional futbol klubining yillik 20 foiz xarajatini qoplagan tadbirkor klubni ishonchli boshqaruvga olishi mumkin bo'ladi.

“Umuman, O'zbekistonda sport inson salomatligi va yuqori natijalar garovi bo'lish bilan birga daromad keltiradigan sohaga ham aylanishi zarur”, – dedi davlatimiz rahbari.

Misol uchun, futbol bo'yicha milliy chempionat o'yinlari bazida ish vaqtida o'tkazilayotgani, shu bois, muxlislar tashrifi kutilganidek bo'lmayotgani ko'rsatib o'tildi.

Agar o'yin vaqti dam olish kuni yoki ish kunlari kechki soat 19:00 dan keyin belgilansa, stadionlar atrofida aholiga qiziqarli qo'shimcha xizmatlar, musiqiy va ko'ngilochar tadbirlar tashkil qilinsa, o'yin kunlari muxlislar uchun qulay transport qatnovi yo'lga qo'yilsa, raqib jamoa muxlislariga arzon futbol turpaketlari taklif qilinsa, klublar uchun 2-3 karra ko'p tushum, muxlislar uchun mazmunli hordiq, tadbirkorlarga qo'shimcha daromad bo'ladi.

Mutasaddilarga mana shu ishlar orqali stadionlarga muxlislar tashrifini keskin oshirish bo'yicha dastur ishlab chiqish topshirildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing