So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

04 apr 12:20
Yangiliklar

Futbol

Pro-liganing 38 nafar futbolchisi normativlardan o'ta olmadi, ular vaqtincha futbol o'ynamasligi mumkin

Teglar :  ProligaFutbol
O'zbekiston Futbol Associaciyasi tomonidan Superliga hamda Pro-liga klublarida ishtirok etadigan futbolchilarning jismoniy holati tasdiqlangan test-sinovlari orqali nazorat qilib borilishi haqida avval xabar berib o'tgandik.

SHuni ham alohida takidlash kerakki, bu kabi test-sinovlari o'zbek futbolida ilk marta amalga oshirilayotgan bo'lib, futbolchilarning jismoniy holati O'zbekiston Futbol Associaciyasi rahbariyati tomonidan shaxsan nazorat qilib borilmoqda.

Belgilangan reja asosida yangi mavsum oldidan Superliga klublari futbolchilaridan test-sinovlari qabul qilingandi. Endilikda Pro-liga klublari futbolchilari ham normativlarni topshirishdi. Normativlar O'FA Ilmiy-metodik bo'limi mutaxassislari tomonidan zamonaviy innovacion texnologiyalar yordamida futbolchilardan qabul qilindi.

Qayd etish joizki, Pro-ligada ishtirok etadigan klublar tarkibidagi bazi futbolchilar test-sinovlaridan o'ta olishmadi.

Jumladan:
“Orol” – 4 nafar
“G'ijduvon” – 2 nafar
“Istiqlol” – 1 nafar
“Xorazm” – 2 nafar
“SHerdor” – 6 nafar
“Yozyovon” – 1 nafar
“Iftixor” – 2 nafar
“Labsa” – 3 nafar
“Lokomotiv BFK” – 2 nafar
“Nurafshon” – 4 nafar
“SHo'rtan” – 1 nafar
“Zomin” – 5 nafar
“Xotira-79” – 5 nafar

Klublarda natijalari qoniqarsiz chiqqan futbolchilar vaqtinchalik Pro-liga bahslariga qo'yilmaydi. Pro-liganing 3-turidan keyin ulardan qaytadan test-sinovlari olinadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing